Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Feb 2019

“O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan joriy yilning 11 fevral kuni soat  18:00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Mangulik kaliti” hujjatli filmining   taqdimot marosimi o‘tkaziladi.

Mazkur filmda O‘zbekiston xalq shoiri Husniddin Sharipov hayoti va ijodi, uning o‘zbek adabiyoti tarixida tutgan o‘rni, zamonaviy o‘zbek she’riyati, dramaturgiyasi va qo‘shiqchilik san’atiga qo‘shgan hissasi haqida atroflicha ma’lumot beriladi. Shoirning Vatanni madh etuvchi, oddiy inson  mehnatini, ayol siymosi va muhabbatini kuylovchi she’rlari, ularga bastalangan qo‘shiqlar tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.

O‘zbekiston Qahramonlari Ozod Sharafiddinov, Abdulla Oripov, akademik olim Naim Karimov, shoirlar Minhojiddin Mirzo, Ikrom Otamurodov, Ziyoviddin Mansur, rejissyor Karim Yo‘ldoshev, kompozitor Anor Nazarovlarning filmga tabiiy ravishda singdirib yuborilgan intervyulari shoir siymosi, uning ijodiy iste’dodi va insoniy fazilatlarini yanada kengroq ochib berishga xizmat qilgan.

Ushbu asar ijod va ilm ahli, filologik oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talabalari, shuningdek, o‘zbek adabiyotini sevgan barcha muhlislar e’tiborini tortishi shubhasiz.

Film davlat buyurtmasiga binoan “Dilshoh Media” kinostudiyasida suratga olingan.

Ssenariy mualliflari: Rustam Sharipov, Aziza Shamsieva.

Postanovkachi rejissyor: Murodjon Odilov.

Postanovkachi operator: Anvarxon Qosimov.

Prodyuser: Mahmud Erkabaev

Davomiyligi: 33 daqiqa.

 


Manba: не указан
Просмотров: 215
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech