Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Jan 2019

"Oʻzbekkino" Milliy agentligi buyurtmasiga asosan Vatanimiz tinchligi hamda xavfsizligini taʼminlash maqsadida mamlakatimiz chegaralarida sobit turgan askarlarimizning navbatdagi qahramonliklarini yorituvchi, oʻtkir syujetli, 2000 yildagi Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlaridagi qonli voqealar tasvirlangan, chegarani bosib oʻtgan terrorchi guruhlarga qarshi kurashib halok boʻlgan oʻzbek askarlarining yorqin xotirasiga bagʻishlangan "Hayot" nomli badiiy film yaratildi. 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan "Hayot" nomli badiiy film Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi  telekanallari orqali ikki kun efirga uzatiladi.

·         13-yanvar kuni "Oʻzbekiston" telekanalida — soat 22:00 da;

·         14-yanvar kuni "Kinoteatr" telekanalida — soat 15:40 da;

·         14-yanvar kuni "Yoshlar" telekanalida — soat 22:10 da.

Filmda Hayotjon ismli askar yigit boʻlib u toʻyi kezlari Fargʻonadan Toshkentga xizmat boshliqlarini toʻyga aytmoqchi boʻlib keladi, lekin favqulodda jang boshlanib qoladi va taʼtilga boʻlishiga qaramay Hayotjon ham urushga jalb etiladi. Asosiy voqealar shundan keyin boshlanadi.

Film ssenariysi Iqbol Mirzo, Zulfiya Yunusova va Hilol Nasimovga tegishli.

Kinokartinada asosiy rollarni Fotih Nasimov, Oysanam Yusupova, Tohir Saidov, Lola Eltoyeva, Farhod Abdullayev, Mehriddin Rahmatov, Samiddin Lutfullayev kabi aktyorlar ijro etishgan.

“Hayot” filmi 29 sentyabr kunidan boshlab katta ekranlarga namoyish etib kelinmoqda.

Manba: не указан
Просмотров: 360
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech