Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Oct 2018

Oʻzbekkino” Milliy agentligi tashabbusi bilan bir guruh oʻzbek kinoijodkorlari kino sohasidagi ilgʻor yutuqlarni oʻrganish maqsadida ijodiy safar bilan Amerika Qoʻshma Shtatlarida boʻlib qaytishdi.

Xalqaro miqyosdagi kelishilgan hamkorliklar, kelajakdagi rejalar, amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlardan keng ommani xabardor qilish maqsadida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi rahbariyati ishtirokida mahorat saboqlarini olib qaytgan delegatsiya aʼzolari bilan joriy yilning 10 oktyabr kuni “Oʻzbekkino” Milliy agentligida matbuot anjumani tashkil etildi.

AQSH kinematografiya namoyondalari bilan ishchi munosabatlarni oʻrnatish va milliy kinematografiya vakillarining AQSHning yetakchi kinematografiya markazlarida tizimli asosda malaka oshirishlarini tashkil etish imkoniyatlarini oʻrganish maqsadida kinorejissyor Jahongir Ahmedov, kinoprodyusser Zafar Yoʻldashev, kinooperator Jahongir Ibragimov va Agentlikning xalqaro aloqalarni rivojlantirish xizmati rahbari Gʻolib Nematov joriy yilning 20 sentyabridan 4 oktyabrigacha Amerika Qoʻshma ShtatlariningLos-Anjeles va boshqa bir qator shaharlarida 14 kun muddatga xizmat safariga yuborildi.

Delegatsiya “New York film academy”da va Los-Anjeles shahridagi “The Los-Angeles film school” maktabida boʻlib, akademiyaning oʻquv jarayoni va talabalarning ijodiy ishlari bilan tanishdilar. Dars jarayonida ishtirok etishib oʻquv jarayonidagi aktyorlik mahorati, kinoprodyuserlik, kinooperatorlik va animatsiya yoʻnalishlaridagi AQSH tajribasidan mahoratlarini oshirishdi.

Anjumanda ular safar taassurotlarini va erishilgan yutuqlarni yigʻilganlarga soʻzlab berdilar.

Shuningdek, tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan taniqli kinorejissyor Nabi Razzoqov hamda “Choy” nomli qisqa metrajli filmi uchun Dushanbe xalqaro “NAVSOZ” qisqa metrajli filmlar kinofestivali gʻolibi boʻlgan yosh ijodkor Shokir Xoliqovlarga Agentlikning tashakkurnomalari hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Manba: не указан
Просмотров: 16
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech