Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Oct 2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3880 sonli “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida “Oʻzbekfilm” aksiyadorlik jamiyatini jamiyat tarkibidan chiqib ketadigan aksiyadorlar bilan qonun hujjatlarida oʻrnatilgan tartibda hisob-kitobni amalga oshirgan holda “Oʻzbekfilm” davlat unitar korxonasi etib qayta tashkil etish vazifasi berilgan.

Topshiriq ijrosi yuzasidan “Oʻzbekkino” Milliy agentligida “Oʻzbekfilm” Aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdan tashqari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish kun tartibida“Oʻzbekfilm” AJ ni “Oʻzbekfilm” Davlat unitar korxonasiga aylantirish, aksiyalar narxini tasdiqlash kabi masalalar koʻrib chiqildi.

Oʻzbekfilm” AJ ni “Oʻzbekfilm” Davlat unitar korxonasiga aylantirish masalasi bir ovozdan qabul qilindi.

Mustaqil baholash tashkiloti “GIGA PRICE ” masuliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Oʻzbekfilm” AJ aksiyalari har bir donasiga 6100 soʻm baho belgilangan. Shuningdek “PRIME CONSALT BUSINESS GROUP” MCHJ tomonidan aksiyalar narxiga ekspert xulosasi taqdim etilgan boʻlib, masala yuzasidan aksiyadorlarning fikr mulohazalari tinglandi. Belgilangan narx koʻpchilikka maʼqul boʻldi.

Tegishli maʼlumotlar aksiya egalariga oʻrnatilgan tartibda yetkazilishi maʼlum qilindi.

Manba: не указан
Просмотров: 1
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech