Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
28 Feb 2019

Joriy yilning 26 fevral kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligida   mamlakatimizga  tashrif  buyurgan Turkiya delegatsiyasi boshlig‘i Bekir Karliga, a’zolari turk hujjatli fil’mlari prodyuseri Osman Alkan, film administratori Derya Yildirim, proekt koordinatori   Sinan Sakarya, menedjer, rejisser Gyokxan Ateshtyurk, Turkiyadagi Beruniy nomli universitet assistenti Samet Balta va Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Ali Ixsan Chaglar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari Shuxrat Rizaev, xalqaro aloqalarni rivojlantirish xizmati boshlig‘i Umid Zunnunov, Respublika Kinoprokati markazi DUK direktori Ma’ruf Muxtorov va boshqalar ishtirok etishdi.  Tadbirdan ko‘zlangan maqsad,  O‘zbekiston va Turkiya kinosanoatidagi hamkorlikni kuchaytirish, kinematografiya sohasidagi aloqalarni  yanada rivojlantirish, buning asnosida mamlakatlarimiz o‘rtasidagi millatlararo munosabatlarni yanada mustahkamlashdir. 

Uchrashuvda Turkiya kinoijodkorlari vakillari bilan buyuk ajdodlarimiz Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Abu Ali Ibn Sino kabi tarixiy shaxslar haqida  filmlar yaratishda hamkorlik ishlarini olib borishga kelishib olindi. Ma’lumot uchun, mehmonlarimiz 5 mart kuniga qadar O‘zbekistonda bo‘lishadi va Buxoro, Samarqand, Xorazmga tashrif buyurishib, filьmni tasvirga olish maydonlarini ko‘zdan kechiradilar.

Manba: не указан
Просмотров: 116
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech