Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Jan 2019

 2019 yilning 22 yanvar kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirov Tokiodan mamlakatimizga  tashrif buyurgan “Korelafilm” rahbari, prodyuser Artur Veeber bilan uchrashib, O‘zbekiston va Yaponiya kino sanoatidagi hamkorlikni kuchaytirish haqida muzokaralar o‘tkazdi. Uchrashuvda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Kino loyihalarini tematik rejalashtirish va filmlar ishlab chiqarish jarayoni monitoringi boshqarma boshlig‘i Olim Davlatov, xalqaro aloqalarni rivojlantirish xizmati boshlig‘i Umid Zunnunov, bir nechta kinorejissyorlar hamda kinoijodkorlar ishtirok etishdi. “Korela” film rahbari, prodyuser Artur Veeber “O'zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Furqat Zokirovga murojaat qilib, agentlik kinostudiyalarini  Yaponiya kinokompaniyalari bilan hamkorlikda badiiy va publisistik filmlar suratga olishga  taklif etdi.

Ushbu uchrashuvda ikki davlat hamkorligida kinematografiya sohasidagi aloqalarni  yanada rivojlantirish, kino sohasidagi bir qancha loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.

Manba: не указан
Просмотров: 216
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech