Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Mar 2019

Ozbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan otkazilayotganOltin humomilliy kinotaqdimotining saralash bosqichi davom etmoqda. Taqdimotning saralash bosqichiga 60 ga yaqin filmlar kelib tushgan. Bu haqda O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

“Oltin humo” milliy kinotaqdimotining saralash komissiyasi 30 ta badiiy, 20 ta hujjatli hamda 4 ta animatsion filmlarni ko‘rib chiqmoqda.

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti tashkiliy qo‘mitasida quyidagi badiiy filmlar ko‘rib chiqilmoqda.

 “Elparvar”, “O‘qilmagan xat”, “Asal oyi”, “Tinchlik ortida”, “Islomxo‘ja”, “Vasiyat”, “Kulba”, “Maqsad”, “Qotillar o‘yini”, “Qora zarba”, “Hayot”, “Hamroh”, “Boy bo‘lma, sahiy bo‘l”, “Temir musht”, “Go‘dak nolasi”, “Jannat qaydasan”, “Ota uy”, “Sarvqomat dilbarim”, “Berlin-Oqqo‘rg‘on”, “Sabot”, “Issiq non”, “Arslon izidan”, “Millioner kelin”, “Namaste, muhabbat”, “Sevgimiz uchun”, “Xon qizi”, “Qaysarginam”, “Qaysarginam 2”, “Amiran”, “Nazira”.

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti tashkiliy qo‘mitasida quyidagi hujjatli filmlar ko‘rib chiqilmoqda.

“Baliqchi”, “Bir uyadan uchgan qironlar”, “Mo‘ynoq do‘stlik o‘lkasi”, “O‘tmishimiz ko‘zgusi”, “Komiljon Otaniyozov”, “Abay so‘zi”, “Haqiqat qo‘shig‘i”, “Said Rizo Alizoda”, “Keyingi bekat”, “Xo‘ja Ahror Valiy”, “Ikki elning suyukli farzandi”, “Xo‘jayi jahon Abduholiq G‘ijduvoniy”, “Xo‘ja Bahovuddin Naqshband”, “Qadimgi Buxoro”, “Hasanboy Do‘smatov”, “Ona yurtning bag‘ridan zuvolasi”, “Yagona osmon ostida”, “Go‘zallik shaydosi”, “Haqiqat qilichi”.

O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasining “Oltin humo” milliy kinotaqdimoti tashkiliy qo‘mitasida quyidagi animatsion filmlar ko‘rib chiqilmoqda.

“Hayot daryosi”, “Dovyurak oshpaz”, “G‘ildirakli uy”, “Avto sarguzashtlar”.

“Oltin humo” milliy kinotaqdimoti saralash komissiyasi a’zolari quyidagilardan iborat.

Saralash komissiyasi raisi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Matyoqub Matchonov, a’zolar O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hoshim Arslonov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissor Ayyub Shahobiddinov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinorejissor Bahodir Odilov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, kinooperator Hamidulla Hasanov, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi multimediya markazi rahbari, kinoprodyuser Avaz Tojixonov, kinorejissor, ssenarist Jasur Is’hoqovlardan tashkil topgan.

Taqdirlash marosimi 2019-yilning 10-aprel kuni Toshkent shahrida, “Turkiston” saroyida bo‘lib o‘tadi.

Manba: не указан
Просмотров: 73
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech