Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
7 Nov 2018

Ommaviy –axborot vositalari, Televideniye, radio , internet tarmoqlari hamda mustaqil bloggerlar diqqatiga!

Oʻzbekkino “ milliy agentligi , “Respublika kinoprokat markazi”, Oʻzbekiston-Qirgʻiziston kinoijodkorlarining qoʻshma loyihasi boʻlmish “Sarvqomat dilbarim” badiiy filmining katta premyerasi 2018 yilning 16 noyabr, soat 18-00da poytaxtdagi Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida boʻlib oʻtishini rasman eʼlon qiladi! Premyerada Oʻzbekistonda faoliyat koʻrsatayotgan xalqaro tashkilotlar va elchixonalar vakillari, Qirgʻizistondan tashrif buyurgan kinoijodkorlar ishtirok etishi kutilmoqda.

Taqdimotdan oldin, soat 16-00 da “Oʻzbekkino” Milliy agentligi , film ijodkorlari,Qirgʻizistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi vakillari, Qirgʻizistondan tashrif buyurgan kinoijodkorlar bilan OAV , tele-radio va mustaqil bloggerlar ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazish koʻzda tutilgan. Ushbu tadbirda ishtirok etishni istovchi barcha jurnalistlarni “Oʻzbekkino” Milliy agentligi matbuot xizmati bilan bogʻlanib, roʻyxatdan oʻtishlarini soʻraymiz.

Murojaat uchun telefon: 71-277-81-83, 94-656-10-06

Manba: не указан
Просмотров: 99
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech