Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Apr 2017

Joriy yilning 11-13-aprel kunlari Toshkent shahrida “Turkman kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 6-7-mart kunlari Turkmaniston Respublikasiga Davlat tashrifi mobaynida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2017-2019-yillarda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik Dasturi”ga asosan tashkil etilmoqda.

Turkman kinosi kunlarining tantanali ochilishi marosimi 11-aprel kuni soat 18:00da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo‘lib o‘tadi. Tadbirda ishtirok etish uchun turkmanistonlik kinoijodkorlardan iborat delegatsiya ham bugun mamlakatimizga tashrif buyurdi. Ular Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi chegara postida tantanali ravishda kutib olinishdi.


Filmlar namoyishlariga kirish bepul bo‘lib, ular turkman tilida rus tilidagi subtitrlar bilan namoyish etiladi.

Manba: Axborot xizmati
Просмотров: 144
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech