Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Dec 2016

Bugun, 13 dekabr kuni “Yoshlar ijod saroyi”da “PROlogue” – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar II Respublika festivalning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Atabek Musayev, festival Hakamlar hay’ati va Saralash komissiyasi a’zolari, taniqli kinoijodkorlar, festival ishtirokchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. 

Festival davlat buyurtmasiga asosan, “Qoraqalpoqfilm” kinostudiyasi tomonidan, Abduvohid G‘aniyev rejissyorligida suratga olingan “Ustyurtga yo‘l” badiiy filmining taqdimoti bilan boshlandi. Soat 15:00da esa “O‘zbekfilm” kinostudiyasida rejissyor Abduhalil Mignarov suratga olgan “Zurriyot” nomli badiiy filmi namoyish etilib, festival ishtirokchilari bilan muhokama qilindi.

14 dekabr kuni soat 11:00da “Yoshlar ijod saroyi”da festival doirasidagi asosiy namoyishlar boshlanadi.

Eslatib o‘tamiz, festival mobaynida “O‘zbek milliy kino kunlari” haftaligi, kinoijodkorlar ishtirokida davra suhbati, yosh iste’dodlar uchun master-klasslar, O‘zbek kinosan’ati muzeyida ochiq eshiklar kuni kabi bir qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Festivalda namoyish etiladigan filmlar va dasturi bilan quyida tanishishingiz mumkin:

"TONG” (2016 yil, drama, 12 daqiqa)
Ssenariy muallifi va rejissor: Ixtiyor Baxtiyorov 
Operator: Sardor Oripov 
---------------
"RISHTA" (2016 yil, drama, 14 daqiqa)
Ssenariy muallifi va rejissor: Dilshodaxon Abdurahimova 
Operator: Baxtiyor Atabayev 
---------------
"ERK" (2016 yil, drama, 11 daqiqa)
Ssenariy muallifi va rejissor: Kamola Maxmudova 
Operator: Muzaffar Kenjaboyev
---------------
"MENING DUNY
OIM" (2016 yil, fantastik drama, 13 daqiqa)
Ssenariy muallifi: Saidpo‘lat Hakimov, Abdulaziz Xodjayev 
Rejissyor: Saidpo‘lat Hakimov 
Operator: Avaz Tillayev
---------------
"MEHR" (2016 yil, drama, 13 daqiqa)
Ssenariy muallifi va rejissor: Hasan Alijonov
Operator: Husan Alijonov
---------------
"OJIZLIK" (2016 yil, drama, 7 daqiqa)
Ssenariy muallifi: Abdusamad Salomov
Rejissyor: Abdusamad Salomov
Operator: Otajon Dostonov
---------------
"HURRIYAT QURBONLARI" (2015 yil, tragediya, 15 daqiqa)
Ssenariy muallifi va rejissor: Sanjar Sultonov, Hasan Aliyev 
Operator: Husan Aliyev
---------------
"TINC
HLIK SOHILI" (2015 yil, drama (badiiy-hujjatli film), 20 daqiqa)
Ssenariy muallifi: Dilmurod Masaidov, Mansur Abduholiqov 
Rejissyor: Muxlisa Azizova
Operator: Jamshid G‘aniyev
---------------
"CHO‘LDAGI KEMALAR" (2016 yil, drama, 40 daqiqa)
Ssenariy muallifi va rejissor: Olga Xan 
Operator: Qodirov Bexzod 
---------------
"MEHMON" (2016 yil, drama, 14 daqiqa)
Ssenariy muallifi: Doston Rahmatullayev, O‘ktam G‘ulomov 
Rejissyor: Abduazim Ilhomjonov 
Operator: Husan Aliyev, Shokir Nabiyev 
---------------
"ERTAK BILAN XAYRLASHUV" (2016 yil, tragik drama, 18 daqiqa)
Ssenariy muallifi va rejissor: Shokir Nabiyev 
Operator: Sarvar Sodiqov
---------------
"KEC
HIKISH" (2016 yil, drama, 19 daqiqa)
Ssenariy muallifi va rejissor: Botir Abduraxmonov 
Operator: Bekzod Bekmurodov 
---------------
"BIZNI TUS
HUNISHMAYDI" (2016 yil, melodrama, 10 daqiqa)
Ssenariy muallifi va rejissor: Shokir Holiqov 
Operator: Akmal Mamatov 
---------------
"ADOLAT" (2016 yil, drama, 11 daqiqa)
Ssenariy muallifi va rejissor: Aziz Arziqulov 
Operator: Otabek Saidov 
---------------
"MATONAT" (2016 yil, drama, 7 daqiqa)
Ssenariy muallifi va rejissor: Sevara Halimova 
Operator: Otabek Saidov 
---------------
"BIR KUN QAYTAR" (2016 yil, meldodrama, 20 daqiqa)
Ssenariy muallifi va rejissor: Temurbek Urazov 
Operator: Jalg‘as Yesenbayev 
---------------



Просмотров: 1388
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech