Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 May 2017

Yosh iste’dodlarni izlab topish, ularning ijodini qo‘llab-quvvatlash va professional malakasini oshirish maqsadida “O‘zbekkino” Milliy agentligi «PROlogue» – yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III Respublika festivalini e’lon qiladi.

Festivalda 35 yoshgacha bo‘lgan professional va havaskor kinoijodkorlar so‘nggi ikki yil mobaynida suratga olgan, umumiy vaqti 30 daqiqadan oshmaydigan qisqa metrajli badiiy yoki hujjatli-badiiy filmlari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Arizalar 15-sentyabrgacha qabul qilinadi, filmlar 1-oktyabrga qadar saralab olinib, 16-20-noyabr kunlari ularning namoyishlari o‘tkaziladi,

21-noyabr kuni Festival g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Festival g‘oliblari maxsus sovrinlar va diplomlar bilan taqdirlanadi. Jumladan, «Eng yaxshi qisqa metrajli badiiy film» uchun bosh sovrin, «Eng yaxshi ssenariy», «Eng yaxshi rejissyorlik ishi», «Eng yaxshi operatorlik ishi» bo‘yicha g‘oliblar aniqlanadi.

Joriy yildan boshlab xorijiy kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan qisqa metrajli filmlar ham festival asosiy dasturidan tashqarida namoyish etiladi.

Festival Nizomi, ariza namunasi va ma’lumotnoma shaklini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.

Ma’lumot uchun tel.: 245-83-34 / 245-09-31 / prologue@uzbekkino.uz



Manba: Axborot xizmati
Просмотров: 1233
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech