Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Apr 2018

Joriy yilning 24 aprel kuni soat 18:00da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “O'zbekkino” Milliy agentligi va “Panorama Fox” kinostudiyasi hamkorligida rejissyor S.Lutfullaev tomonidan sur'atga olingan “Qora zarba” badiiy filmi premerasi bo'lib o'tadi. Stsenariy muallifi Sardor Hamroev, postanovkachi rejissyor Samiddin Lutfullaev, rollarda Samiddin Lutfullaev, Nurullo Sharopov, Hurshida Arabshoeva va boshqalar sura'tga tushgan. Ushbu film stsenariysi yoshlarni giyohvandlik balosidan asrashda, sog'lom turmush tarzini targ'ib etishda, ularning manaviyatini yuklaltirishda katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Filmda giyohvandlik yo'liga adashib, aldov yo'li bilan kirib qolayotgan yoshlarning ayanchli taqdirlari yoritiladi. Shuningdek, sodda yoshlarni turli aldov yo'llari bilan o'z tuzog'iga ilintirayotgan jinoiy guruhlarning kirdikorlari ham ochib beriladi. Kelajak rejalari, orzu-umidlari bir olam bo'lgan yosh Nurbek giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullanuvchi ashaddiy jinoyatchilarning tuzog'iga ilinadi. Izzatilla ismli giyohvand moddalar savdosi bilan shug'ullanuvchi yigit sabab yo'ldan adashgan Komila Nurbekni noz-karashmalar bilan tuzoqqa tushiradi. Ammo Komila chindan ham Nurbekka ko'ngil qo'yadi, uni sevib qoladi. Shundan so'ng u Nurbekka bor haqiqatni aytib beradi. Nurbek avval ishxonasidan, so'ngra uyidan otasining biznes uchun yig'ib qo'ygan pullarini o'g'irlaydi. Shundan so'ng Nurbekning otasi kasodga uchraydi. Otasining biznes hamkorlari kelib, uy-joyi, mashinasi, xullas, barcha topgan-tutganini sotuvga qo'yishadi. Bu voqealardan so'ng Nurbekning otasi infarkt oladi... 

Manba: "O'zbekkino" MA axborot xizmati
Просмотров: 627
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech