Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 Aug 2017

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3176-son qarori hamda davlat rahbarining 3-avgust kuni ijodkor ziyolilar vakillari bilan o'tkazgan uchrashuvi mohiyatidan kelib chiqib, joriy yilning 15 avgust kuni soat 15:00 da Respublika kinochilar uyida tadbir o'tkazildi.

Unda Agentlik rahbariyati, mas'ul xodimlari, tizim tashkilotlari rahbarlari, taniqli va yosh kinoijodkorlar,kinorejissyorlar, kinoshunoslar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Bugungi kunda Davlatimiz va xukumatimizning milliy kinematografiya san'ati rivojiga juda katta e'tibor qaratayotganligi o'z navbatida soha vakillarini, agentlik xodimlari, taniqli va yosh kinoijodkorlarni ham befarq qoldirmayotir. Shu maqsadda bir qancha soha vakillarining iltimoslariga binoan mazkur uchrashuv tashkil etildi.

Davra suhbati shaklida o'tkazilgan mazkur tadbirda milliy kinomizning otaxon aktyorlari, rejissyor va operatorlari o'zlarining taklif va mulohazalari bilan ishtirok etishdi. Shuningdek, yosh kino ijodkorlarning bir qator takliflari, ayniqsa, ustoz-shogirdlik maktabini yaratish borasidagi fikrlari qizg'in kutib olindi.

Tadbir qizg'in bahs va munozaralar bilan o'tdi. Milliy kinomizni rivojlantirish borasida bir qancha takliflar bildirildi.
Tadbir bir qator televidenie kanallari hamda ommaviy axborot vositalari orqali yoritilmoqda.

Manba: Agentlik axborot xizmati
Просмотров: 412
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech