Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
9 Oct 2017

2017 yil 12 oktabr soat 18:00 da Alisher Navoiy nomidagi Kino saroyida “Rishta” badiiy filmining premyerasi bo’lib o’tadi. Filmda hozirgi kun yoshlari, ularning turmush tarzi, qadriyatlarimizning ardoqlanishi haqida hikoya qilinadi.

Film bir necha novellalardan iborat bo’lib, bir-biriga bog’liq bo’lmagan voqealar orqali turli davrlararo ko’z ilg’amas rishtalar o’ziga xos uslubda bayon qilinadi. “O’zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan ushbu filmda bosh rollarni Nigina Anorboyeva, Adiz Rajabov, Po’lat Saidqosimov, Jamshid G’aniyev, Sharofat Xasanxo’jayeva, Jahongir Xo’jayev va Gulruh Zokirovalar ijro etishgan.

Ssenariy muallifi – Yolqin To’ychiyev, sahnalashtiruvchi rejissyor – Mirmaqsud Oxunov, postanovkachi operator – Muzaffar Yusupov, postanovkachi rassom – Bektosh Rajabov, bastakor – Dmitriy Yanov-Yanovskiy, Ovoz operatori – Anvar Fayzullayev, montaj ustasi – Xurshid Alixo’jayev, rejissyor - Ahmad Unarbayev, film direktorlari – Kamila Matenova va Farhod Usmonov.

Manba: не указан
Просмотров: 317
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech