Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
11 Jun 2018
“O‘zbekkino” Milliy agentligi joriy yilning 12-17 iyun kunlari Xitoyning Sindao shahrida bo‘lib o‘tishi belgilangan Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar kinofestivalida o‘zbek kinofilmlari bilan ishtirok etadi.
Jumladan, festival tashkilotchilariga “Yo‘l bo‘lsin” va “Merosxo‘r” badiiy filmlari ingliz tilidagi subtitr bilan ta’minlangan holda taqdim etildi. Tashkilotchilar tomonidan yuborilgan ma’lumotga binoan ushbu filmlar festival hay’at a’zolari tomonidan tanlab olinib, festivalning asosiy dasturida namoyishga tavsiya etildi. 
Shuningdek, festival doirasida 14-15 iyun kunlari “ShHTga a’zo davlatlar kinofestivali ishtirokchilari kinobozori” tashkil etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tadbirda Xitoyning nufuzli kinokompaniyalari va media tashkilotlari ishtirokida filmlar prokatini ta’minlash va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarish masalalari muhokama qilinadi. Tadbir davomida har bir ishtirokchi mamlakatga pavilonlar ajratilib, milliy kinematografiya namunalarini ShHTga a’zo mamlakatlar hududlarida namoyish etish imkoniyatlari o‘rganilib, tegishli shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.
Mazkur kinofestivalda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori F.Zokirov va “Respublika kinoprokat markazi” DUK direktor o‘rinbosari M.Muxamedsaidovlar ishtirok etishadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki “Yo‘l bo‘lsin” filmi rejissyori Kamara Kamalova ShHTga a’zo mamlakatlar kinofestivalida xay’at a’zosi sifatida ishtirok etadi.
Manba: "O'zbekkino" MA matbuot xizmati
Просмотров: 216
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech