Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Dec 2017

"O'zbekkino" Milliy agentligi jamoasi mamlakatimizning yuksak mukofoti bilan taqdirlangani munosabati bilan Bosh direktor birinchi o'rinbosari Shuhrat Rizayevni qutladi. 

O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi munosabati bilan bir guruh yurtdoshlarimiz davlatimizning yuksak orden va medallari bilan mukofotlangan edilar. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni arafasida ushbu mukofotlar o'z egalariga topshirildi. Ular qatorida "O'zbekkino" Milliy agentligi Bosh direktori birinchi o'rinbosari Shuhrat Rizayev ham bor. 

Shuhrat Rizayevni "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangani munosabati bilan "O'zbekkino" Milliy agentligining ahil jamoasi unga o'zlarining samimiy tilak va istaklarini izhor etishdi. O'z navbatida Shuhrat Rizayev bildirilgan tabrik va istaklar uchun minnatdorlik aytib, o'zbek kinosi rivoji yo'lida bundan buyon ham jo'shib mehnat qilishini, davlatimizning ushbu yuksak mukofotini oqlashga intilishini qayd etib o'tdi.    

Ma'lumot uchun: 
Shuhrat Rizayev 1958 yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O'zMU) filologiya fakultetini bitirib (1980), Oybek uy- muzeyida katta ilmiy xodim (1980), O'zMU o'qituvchisi (1989), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida (1996), Vazirlar Mahkamasida (1997), Madaniyat va sport ishlari vazirligida (2004), O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasida (2007) turli lavozimlarda mehnat qilgan. Ayni paytda "O'zbekkino" MA Bosh direktorining birinchi o'rinbosari hamda “Jahon adabiyoti” jurnali bosh muharriri.

Shuhrat Rizayevning o'zbek adabiyoti, teatr va kino san'ati masalalariga doir o'nga yaqin monografiya, risola va ilmiy, adabiy-tanqidiy maqolalar to'plamlari, ikki yuzdan ortiq maqolalari chop etilgan. 

“Iskandar”, “Diskoteka”, “Ona”, “Yetakchi” (ikkinchi nomi “Ezgulik yo'li”, N.Abbosxon bilan hammualliflikda) pyesalarining muallifi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech