Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Jul 2018
Yurtimiz ardoqlagan taniqli dramaturg olim
Shuhrat Rizayev 60 yoshda!

Hurmatli Shuhrat Tursunovich,

Bugun yurtimiz ziyolilari va keng jamoatchilik Sizni taniqli Navoiyshunos olim, zabardast yozuvchi, o‘tkir publitsist sifatida taniydi, chin inson va ijodkor sifatida ardoqlaydi. 
Sizning asarlaringiz allaqachon mamlakatimiz tarixining zarvaraqlaridan joy olgan. Faol mehnatingiz va ishga bo‘lgan munosabatingiz bilan hamkasblar orasida hurmat va e’tiborga sazovor bo‘lgansiz.
Fursatdan foydalanib, Sizni qutlug‘ ayyom – tavallud topgan kuningiz bilan chin dildan tabriklaymiz.
Sizga mustahkam sog‘liq, xonadiningizda tinchlik, ijodingizda baraka, Vatanimiz va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. 
Ijodingiz hamisha insonlar qalbini shod etsin!

O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
millatlararo munosabatlar 
va xorijiy mamlakatlar bilan 
do‘stlik aloqalari qo‘mitasi jamoasi
Manba: "O'zbekkino" MA matbuot xizmati
Просмотров: 42
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech