Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Feb 2019

Joriy yilning 5 fevral kuni “O‘zbekkino” Milliy agentligida  Germaniya Federativ Respublikasi Goethe institutining O‘zbekistondagi  filiali rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda “O‘zbekkino” Milliy agentligi  bosh direktori Furqat Zokirov va Goethe instituti O‘zbekistondagi  filiali rahbari Yan Helfer doimiy hamkorlik yuzasidan muzokaralar olib borishdi. Mamlakatimizda Goethe instituti filiali 1998 yildan buyon  faoliyat yuritib kelmoqda.    Tadbirdan ko‘zlangan maqsad,  o‘zbek va nemis madaniy aloqalarini yanada mustahkamlash va har yili ananaviy tarzda bo‘lib o‘tadigan “Shum bola – 2019” xalqaro bolalar kinofestivalini munosib o‘tkazishdir.  Ma’lumot uchun, “Shum bola – 2019” xalqaro bolalar kinofestivalini aprel oyida nishonlash rejalashtirildi.

Manba: не указан
Просмотров: 77
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech