Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Dec 2018
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3880-son qarorida belgilangan yoʻl xaritasidagi “Uch shahar” va “Qaxramon” badiiy film loyihalarini amalga oshirish maqsadida taniqli xitoy konoprodyusseri janob Lo Xao (Mr. LUO HAO) va eng katta xitoy kinokompaniyalaridan biri “Hunan Heguang Media Co., Ltd.” vakillari boshchiligidagi delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifi kutilmoqda.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 6 dekabr kuni soat 9.30 da “Oʻzbekkino” Milliy agentligida delegatsiya aʼzolari va agentlik rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazish va shu kuni soat 11.00 da Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi “Press-klubi”da matbuot anjumani boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.
Manba: не указан
Просмотров: 79
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech