Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Jan 2019

Tinchlik! Bu so‘z  shu qadar muqaddas-ki, uning zamirida qanchalik ko‘p mashaqqat, masuliyat, shuningdek jasorat yotadi. Yoshlarimizni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy qadriyatlarimiz hamda milliy mafkuramiz asosiy poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Yoshlar mafkuraviy tushunchalar bilan tarbiyalanar ekan, ularda dastlab vatanparvarlik ruhini shakllantirmoq muhim. Zero, milliy qadriyatlar xalqimizning azaliy an’analari, udumlari, ona tili, ruhiyatiga asoslanib, ertangi kuniga ishonch uyg‘otadi. Insonlar o‘rtasida mehr-oqibat, insof, diyonat, adolat, ma’rifat, vatanparvarlik tuyg‘ularini paydo qiladi.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasi asosida suratga olingan “Tinchlik ortida” badiiy filmida ham vatan tuyg‘usi, shu aziz tuprog‘imiz naqadar muqaddas ekanligi va uning himoyasi har birimiz uchun sharafli burch ekanligini anglash mumkin.

Ushbu badiiy film kinorejissyor Akbar Bekturdiev tomonidan suratga olingan bo‘lib, filmda har bir inson kindik qoni to‘kilgan yurt uchun, vatan uchun va uning himoyasi uchun sadoqat bilan xizmat qilishi asosiy g‘oya sifatida aks ettirilgan.

“Tinchlik ortida” nomli yangicha ko‘rinishda suratga olingan harbiy mavzudagi ushbu badiiy film aynan ana shu jasorat, masuliyat hamda vatanparvarlik g‘oyasini tarannum etadi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 11 yanvar  kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda “Tinchlik ortida” nomli badiiy filmning taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Mazkur filmda asosiy bosh qahramon Zafarning harbiy uchuvchi bo‘lish orzusi bilan yashash, shu sohani egallash uchun mashaqqatlarga chidam berish va oxir oqibat o‘zining bilimi, jismonan baquvvatligi bilan maqsadiga erishishi hayot yo‘llari orqali ochib beriladi.

Shuningdek, filmda Zafar o‘zining maqsad sari intilishlari bilan harbiy uchuvchi bo‘lib etishadi. Lekin to‘satdan, yurtimizning janubiy tog‘li hududiga bosqinchi yollangan terrorchilar chegarani buzib kirishadi. Bizning mard va jasur harbiylarimiz dushmanga qarshi mardonavor kurash olib borishadi.

Ma’lumot o‘rnida:

Ssenariy mualliflari                                                   Abduqayum Yo‘ldoshev,

                                                                                    Mansur Abduxoliqov,

                                                                                    Sardor Hamroyev

Postanovkachi rejissyor                                           Akbar Bekturdiyev

Postanovkachi operator                                           Jamshid G‘aniyev

Postanovkachi rassom                                              Elnur Egamov

Ikkinchi rejissyor                                                     Baxriddin Aynazarov

Film direktori                                                          Fayziraxmon Usmonov

Asosiy rollarni Muhammadamin Nasriddinov, Shohrux Hamdamov, Karim Mirhodiyev, Shahzoda Matchonova, Isoq To‘rayev, Behzod Hamroev, Seydulla Maldaxanov, Lola Eltoyeva, Farodis Haydar, Shohruh Asadullayev,  Rayhon Asadova va  ko‘plab el suygan aktyorlar ijro etishgan.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan  “Magic pro production” tomonidan suratga olingan. Namoyish muddati- 84 minut

Manba: не указан
Просмотров: 199
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech