Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Oct 2017

Joriy yilning 10-14 oktabr kunlari Toshkentda Tojikiston madaniyati kunlari bo’lib o’tadi. Shu munosabat bilan yurtimizga Tojikiston Madaniyat vaziri birinchi o’rinbosari Ibodullo Mashrabov boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Madaniyat kunlarida rasmiy uchrashuvlar, fotoko’rgazmalar, kitob taqdimotlari, galakonsertlar o’tkazilishi ko’zda tutilgan. Shuningdek, mehmonlar tashrif mobaynida poytaxt Toshkent shahrining diqqatga sazovor hamda madaniy obyektlarini ham ziyorat qiladilar.

Tadbir davomida ikki tojik filmi namoyishi ham rejalashtirilgan bo’lib, “Muallim” nomli kartina (drama, rej - N.Saidov, 2014 y.) 12 oktabr soat 16:30da, “Aksi yo'q ko'zgu” filmi esa (drama, rej-N.Saidov, 2014 y.) 13 oktabr, soat 17:30da Alisher Navoiy nomli Kino saroyida tomoshabinlarga taqdim qilinadi. Seanslarga kirish erkin.

Manba: не указан
Просмотров: 63
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech