Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Apr 2017

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 11-13-aprel kunlari poytaxtimizda “Turkman kinosi kunlari” bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 6-7-mart kunlari Turkmaniston Respublikasiga Davlat tashrifi mobaynida imzolangan “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Turkmaniston Respublikasi Hukumati o‘rtasida 2017-2019-yillarda madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik Dasturi”ga asosan tashkil etilmoqda.

Kino kunlarida ishtirok etish uchun turkmanstonlik kinoijodkorlar yurtimizga tashrif buyurishgan. Ular 10-aprel kuni Xorazm viloyatining Shovot tumanidagi chegara postida tantanali ravishda kutib olinishdi.

Turkmanistonlik kinoijodkorlar – Turkmaniston televideniyesi kino ishlab chiqarish bo‘limi bosh koordinatori, kino va teatr aktyori Olloyorov Toygeldi hamda Turkmaniston televideniyesi bosh rejissyori Ishanguliyev Vepa ishtirokida 11-aprel kuni soat 11:00da Respublika Kinochilar uyida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Atabek Musayev, Turkmaniston Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi attashesi Xondurdi Turayev va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Shu kuni 18:00da Turkman kinosi kunlarining tantanali ochilishi marosimi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo‘lib o‘tdi. Unda “O‘zbekkino” Milliy agentligi rahbari Atabek Musayev, Turkmaniston Respublikasining mamlakatimizdagi elchixonasi birinchi kotibi, muvaqqat ishlar vakili Xummiyev Ovezmurat, turkmanistonlik kinoijodkorlar hamda bir qator diplomatik korpus vakillari ishtirok etishdi.


Kino kunlari “At-mirat” badiiy filmi bilan ochib berildi. Turkman kinosi kunlari mobaynida turkman kinematograflari tomonidan yaratilgan 6ta badiiy film namoyish etiladi. Bular “At-mirat”, “Maxtumquli”, “Kopetdag – askarning orzusi”, “Seyis”, “Muhabbat merosi” va “Qumli-kelin qo‘shiqlari” badiiy filmlaridir. Bu asarlar orqali turkman xalqining urf-odatlari, qadimiy an’analari va madaniyati tarannum etilgan. Filmlar turkman tilida, rus tilidagi subtitrlar bilan Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida namoyish etilmoqda.

12-aprel kuni turkmanistonlik kinoijodkorlar Kinematografiyani rivojlantirish markazida bo‘lib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishishdi hamda Markaz rahbariyati bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazishdi. 


Shu bilan birga, Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga tashrif buyurishdi.
Manba: Axborot xizmati
Просмотров: 134
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech