Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
19 May 2017

Joriy yilning 22-28-may kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekkino” Milliy agentligi va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamkorligida V Yevropa kinolari festivali o‘tkaziladi.

Mazkur festival mamlakatimizda 2013-yildan buyon muntazam ravishda tashkil etilib kelinayotgan bo‘lib, asosiy maqsad Yevropaning zamonaviy filmlari bilan o‘zbek jamoatchiligini tanishtirishdan iboratdir.

Festival mobaynida Yevropaning 11ta davlati kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan 13ta badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur tadbirga bag‘ishlangan matbuot anjumani 19-may kuni Respublika Kinochilar uyida o‘tkazildi. Unda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Otabek Musayev, Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi rahbari Eduards Stiprays va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Festivalning rasmiy ochilish marosimi 22-may kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida bo‘lib o‘tadi.

Namoyishlarga kirish bepul.


Manba: Axborot xizmati
Просмотров: 197
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech