Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Nov 2017
Joriy yilning 12-16 noyabr kunlari Turkmanistonda O'zbekiston madaniyati kunlari o'tkaziladi. Mazkur tadbirda  ishtirok etish uchun kuni kecha yurtimiz madaniyat va san’at olamining 60 dan ziyod vakillaridan iborat delegatsiya Turkmanistonga jo‘nab ketdi. 

Delegatsiya a’zolari qo‘shni respublikaning Ashxabod va Dashouz shaharlarida bo‘lib o‘tadigan qator rasmiy va madaniy tadbirlarda qatnashadilar. Jumladan, madaniyat kunlari dasturidan Turkmaniston madaniyat vazirligida uchrashuv, Turkmaniston davlat milliy muzeyi va turkman gilamlari milliy muzeyiga tashrif, o‘zbek – turkman ziyolilari uchrashuvi, o‘zbek san’ati ustalarining konserti hamda madaniyat kunlarining tantanali ochilish va yopilish marosimlari o‘rin olgan. 

Shu bilan birga mazkur tarixiy tadbir doirasida Ashxabod va Dashouz shaharlarida o‘zbek filmlari namoyishi ham tashkil etiladi. Shu maqsadda Turkmanistonga taniqli kinorejissyor Shuhrat Mahmudov ham yo‘l olgan. Shubhasiz mazkur madaniyat kunlari o‘zbek va turkman xaqlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Manba: не указан
Просмотров: 50
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech