Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Nov 2018

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 iyuldagi PQ-3880 sonli “Milliy kinoindustriyani rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq 2018 yilning 27-30 noyabr kunlari Toshkent shahrida Xalqaro “PROlogue” kinofestivali oʻtkazilishi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 oktyabrdagi 17-son majlis bayoni qaroriga asosan bir qator vazirlik va idoralarga kinofestivalni tashkil etish oʻtkazish bilan bogʻliq  vazifa va topshiriqlar berilgan.

Shu munosabat bilan,kinofestivalni tashkil etish va oʻtkazish masalasida 2018 yilning 6 noyabr kuni soat 14.00 da Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi binosida kinofestival tashkiliy qoʻmitasi raisi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi oʻrinbosari Q.Quronboyev raisligida yigʻilish oʻtkazildi.

Yigʻilishda “Oʻzbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori F.Zokirov, agentlik tizim tashkilotlari xodimlari, tegishli vazirlik va idoralardan vakillar ishtirok etdi.

Ilk bor Xalqaro maqomda oʻtkazilayotgan mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Oʻzbekkino” milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, Oʻzbekiston milliy kinokomissiyasi kabi bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etilmoqda.

Festival dasturi “Toʻliq metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi” , “Qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi”, “Qisqa metrajli badiiy milliy filmlar tanlovi”dan iborat.

Festival doirasida, konferensiyalar, master-klasslar, brifing, kino sohasiga bogʻliq davra suhbatlari va retro filmlar namoyishi boʻlib oʻtishi koʻzda tutilmoqda.

Yigʻilish yakunida tegishli vazirlik va idoralar vakillariga kinofestivalni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq bir qator vazifalar yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

Manba: не указан
Просмотров: 68
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech