Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 Mar 2017

Kuni kecha “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev Xalqaro Vestminster Universiteti (London) professori Piter Kattarel bilan uchrashdi.

Unda 2017-yilda hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar, jumladan, oktabr oyida London shahridagi «Regen Street Cinema» kinoteatrida “O‘zbek kinosi kechasi” tadbirini o‘tkazish muhokama qilindi.

Uchrashuvda bu kabi madaniy tadbirlarni muntazam o‘tkazib borish ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.
Manba: Axborot xizmati
Просмотров: 320
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech