Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Dec 2018

Bugun “Oʻzbekkino” Milliy agentligida xitoylik taniqli kinoprodyuser Lo Xao boshchiligida Oʻzbekistonga kelgan “Hunan Heguang Media Co Ltd” kinokompaniyasi vakillari va agentlik rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Xitoy kinosanoati vakillari uchrashuv davomida “Orange Sky Golden Harvest Group” va “Hunan Mango Studios” kinokompaniyalari tomonidan ishlangan seriallar va badiiy film taqdim etishdi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston bilan hamkorlikda qilinadigan “Uch shahar“ loyihasi va “Qahramon“ badiiy filmlari xususida muzokaralar olib borildi. Shuningdek kino va seriallar, televideniye uchun videomateriallar tasvirga olishda oʻzaro tajriba almashish, kadrlar masalalari koʻrib chiqildi.

Xitoy kinosanoati vakillari Oʻzbekkino” Milliy agentligiga “Zulmatdagi qora jang”, “Janob suv odami”, “Oʻtinchi Lyu Xay” kabi kinokartinalarni taqdim etishlarini bildirdilar.

Manba: не указан
Просмотров: 93
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech