Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18 May 2017

Kuni kecha “O‘zbekkino” Milliy agentligi va Kinematografiyani rivojlantirish markazi tomonidan “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan O‘zbekiston kinematografiyasining faxriylari uchun xayriya tadbiri tashkil etildi.


Unda O‘zbekiston xalq artistlari Yodgor Sa’diyev, Yoqub Ahmedov, Gulchehra Jamilova, To‘ti Yusupova, Lutfulla Sa’dullayev, Husan Sharipov, Aziza Begmatova, Turg‘un Azizov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Saida Rametova, Hoshim Arslonov, Noila Toshkenboyeva kabi bir qator ustoz san’atkorlar, taniqli va yosh kinoijodkorlar, xususiy kinostudiyalar va kinoteatrlar rahbarlari mehmon bo‘lishdi.

Tadbirni ochib berish uchun sahnaga chiqqan “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev va Kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Oybek Abdushukurov o‘zbek milliy kinematografiya san’ati ravnaqiga ulkan xissa qo‘shgan ustoz kinoijodkorlarga chuqur minnatdorchilik bildirib, ularning fidokorona mehnatlarini alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbir mobaynida o‘zbek milliy kinematografiyasi tarixiga bag‘ishlangan maxsus video rolik namoyish qilinib, hozirgi kunda oramizda yo‘q bo‘lgan ko‘plab buyuk ijodkorlarning yorqin xotirasi yodga olindi.


Shuningdek, O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Anvar G‘aniyev, G‘iyos Boytoyev singari bir qator taniqli va yosh xonandalar ham o‘z qo‘shiqlari bilan zalga yig‘ilganlarni tabriklashdi.

Tadbirda ishtirok etgan faxriy kinoijodkorlar uchun esdalik sovg‘alari taqdim qilindi, dasturxon yozilib, o‘zbek milliy taomlari tortildi.
Manba: Axborot xizmati
Просмотров: 48
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech