Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
16 Apr 2018
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 apreldagi “Respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 272-son qaroriga asosan “Respublika kinoprokat markazi” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan bo‘lib, hozirgi kunda korxona o‘z faoliyatini boshlamoqda.
“O‘zbekkino” Milliy agentligining boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Muxtarov Ma’rufjon Mardonkulovich rahbar etib tayinlandi.
M.Muxtarov oliy huquqshunos ma’lumotiga ega bo‘lib, 2013 – 2018 yillarda Agentlik markaziy apparatida dastlab Kadrlar bo‘limi boshlig‘i, keyinchalik Bosh yuriskonsult, Tizim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va tashkiliy masalalar boshqarmasi hamda Kinoloyihalarni tematik rejalashtirish, filmlarni ekspert baholash va litsenziyalash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
U faoliyati davomida sohani huquqiy jihatdan chuqur o‘rganib, qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining sohaga oid barcha qarorlari loyihalarini ishlab chiqishda bevosita ishtirok etgan. 
Eslatib o‘tamiz, quyidagilar “Respublika kinoprokat markazi” DUKning asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublikada yagona repertuar siyosati yuritilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan respublika kinoprokat tizimini tashkil etish;
kinoprokat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, aholiga kinovideo xizmati ko‘rsatish bo‘yicha maqsadli dasturlar hamda loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
filmlarni namoyish qilish faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik sub’ektlarini kinoprokat tizimiga jalb qilishni tashkil etish, ushbu tizimga jalb qilingan tadbirkorlik sub’ektlarini filmlar bilan ta’minlash;
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va xorijdan olib kiriladigan filmlarning respublika hududidagi kinoprokati bo‘yicha distribyuterlik faoliyatini amalga oshirish, shuningdek, milliy filmlarni xalqaro kinoprokatga olib chiqish;
zamonaviy xalqaro andozalarga muvofiq kinoteatr va kinozallarda yagona texnologik standartlarni shakllantirish va joriy qilishda ishtirok etish.
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech