Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 Jun 2017

Kuni kecha “O‘zbekkino” Milliy agentligida Yaponiyaning bir qator ommaviy axborot vositalari va kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Atabek Musayev, Yaponiya Vazirlar Mahkamasining hududlarda turizmni rivojlantirish va targ‘ib qilish bo‘yicha maslahatchisi, «JTB» korporatsiyasi menedjeri Kazunori Koseki, “Loaded Films Co.LTd” prodyusserlik kompaniyasi prezidenti Eiko Mizuno va mazkur kompaniya hamraisi, prodyusser Djeyson Edvard Greyem ikki mamlakat kinoijodkorlari o‘rtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirish maqsadida mavjud imkoniyatlardan yetarli darajada foydalanilmayotganini e’tirof etishdi.

Shundan kelib chiqqan holda o‘zbek va yapon kinoijodkorlari hamkorligida film ishlab chiqarishga doir masalalar muhokama qilindi. Bunda Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomli Davlat Akademik katta teatrining qurilishida ishtirok etgan mehnatkash yaponlar haqidagi hikoyalar badiiy film ssenariysi uchun asos bo‘lishi mumkinligi aytildi. Bu borada Yaponiya tomonidan taklif qilingan film sinopsisi ko‘rib chiqilib, mazkur loyiha bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kelishib olindi.

Uchrashuv yakunida delegatsiya a’zolari O‘zbekiston Kinosan’ati muzeyiga tashrif buyurishdi hamda rejissyor Sh.Maxmudov tomonidan suratga olingan “Ibn Sino” nomli badiiy-hujjatli filmni tomosha qilishdi.
Manba: Axborot xizmati
Просмотров: 389
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech