Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
12 Apr 2018

Joriy yilning 16 aprel kuni soat 18:00da Alisher Navoiy nomli kinosaroyida “O'zbekfilm” kinostudiyasi tomonidan sur'atga olingan “Yolg'on girdobi” badiiy filmi premerasi bo'lib o'tadi. 

Stsenariy mualliflari – Elmira Hasanova Sahnalashtiruvchi rejissyor – Nozim To'laxo'jaev Rollarda: Nozim To'laxo'jaev, Lola Eltoeva, Rayhon Ulasenova, Boyir Holmirzaev, Adiz Rajabov, Yulduz Rajabova, Setora Olimjonova. 

Ijtimoiy buyurtma asosida yaratilgan ushbu filmda bilib-bilmay missionerlarning tuzog'iga tushib qolgan ba'zi yoshlarning ayanchli qismati, iztirobi aks etgan. Farzandi og'ir xastalikka chalingan ayol boshi berk ko'chaga kirib qoladi va qanday bo'lmasin o'g'lini saqlab qolishga harakat qiladi. Voqealar rivoji davomida ayol diniy sektalardan birining a'zosiga aylanadi... 

Film yoshlarni turli aldovlarga uchib qolib, o'zligini yo'qotish katta musibatlar va jinoyatlarga sabab bo'lishi mumkinligidan ogoh etadi.

Manba: "O'zbekkino" MA axborot xizmati
Просмотров: 66
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech