Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
13 Nov 2017
       Joriy yilning 11 noyabr kuni Yosh kinoijodkorlar kengashining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Kengash tomonidan shu kunga qadar amalga oshirilgan loyihalar haqida axborot berildi.
     Tadbirda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Bosh direktori Furqat Zokirov so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bugungi kunda o‘zbek kinematografiyasida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan tanishtirdi va o‘zbek kino san’atini yanada rivojlantirish yo‘llari va bunda yosh ijodkorlarning tutgan o‘rni haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
    Tadbir mobaynida shu yilning 20 noyabridan ishga tushirilishi rejalashtirilgan “Art House” loyihasi ham taqdim etildi. Mazkur loyiha o‘zbek kinematografiyasida yangi nom va iqtidorlarni kashf etish, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, milliy kinematografiya san’atimizda yuqori saviyali filmlarning yaratilishini ta’minlash, xalqaro festivallarda ishtirok etib, g‘olib bo‘lishga loyiq asarlarni vujudga keltirishga xizmat qiladi.
      Taqdimot mobaynida jurnalistlar va yosh kinoijodkorlarga yana bir loyiha – “Gildiya” tok-shousining suratga olinishi haqida ma’luot berildi. Mazkur televizion dastur bugungi kun o‘zbek kinematografiyasining yutuq va kamchiliklarini o‘rganish, yosh kinoijodkorlar faoliyatida uchrayotgan soha muammolarini bartaraf etishga qaratiladi.
     Tadbirda Kengashning cinematograf.uz saytining taqdimoti, qolaversa, shu yilning 27-30 noyabr kunlari “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “PROlogue”– yosh kinoijodkorlarining qisqa metrajli filmlari III Respublika festivali hamda uning doirasida bo‘lib o‘tadigan pitching haqida to‘liq ma’lumotlar berildi.


Manba: не указан
Просмотров: 51
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech