Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Toshkentda Yevropva kinolari festivali bo'lib o'tadi

Joriy yilning 22-28-may kunlari Toshkent shahrida “O‘zbekkino” Milliy agentligi va Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi hamkorligida V Yevropa kinolari festivali o‘tkaziladi.

Mazkur festival mamlakatimizda 2013-yildan buyon muntazam ravishda tashkil etilib kelinayotgan bo‘lib, asosiy maqsad Yevropaning zamonaviy filmlari bilan o‘zbek jamoatchiligini tanishtirishdan iboratdir.

Festival mobaynida Yevropaning 11ta davlati kinoijodkorlari tomonidan yaratilgan 13ta badiiy, hujjatli va multiplikatsion filmlar namoyish etilishi ko‘zda tutilgan.

Batafsil: http://uzbekkino.uz/uz/press_center/news/toshkentda-yevropa-kinolari-festivali-bo-lib-o-tadi/


Press-relizlar
Yuklab olmoq
Hajmi: 552.38 KB
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech