Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan jamiyatimizda mahalla instituti faoliyati va uning ma’naviy negizlarini yanada takomillashtirish, azaliy milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va mustahkamlash, jamiyatimizda yuksak ma’naviy muhitni keng qaror toptirish, milliy mentalitetimizga mutlaqo yot bo‘lgan va kuchayib borayotgan turli xil zararli ta’sirlarga qarshi turishda oilaning o‘rni va ahamiyatini oshirish maqsadida “Opa”  nomli badiiy film yaratildi. 

 Ushbu badiiy film kinorejissyor Ahmadjon Unarboev tomonidan Farg‘ona viloyatida suratga olingan bo‘lib, filmda mahallalarda uchrab turadigan turli-tuman voqealar, insonlarning bir-biriga oqibati, mahalla faollarining o‘z qishlog‘ini farovon turmushi uchun sadoqat bilan xizmat qilishi asosiy g‘oya sifatida ko‘rsatiladi.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 18 yanvar kuni soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda filmning taqdimot marosimi o‘tkaziladi.

Mazkur filmda bosh qahramon Yulduz ismli ayol qishloq fuqarolar yig‘ini raisi lavozimida faoliyat yuritadi. Qishloq ahli uning uchun bir tan, bir jon   baridan o‘z mehrini ayamaydi,  qariyalar uchun jonkuyar farzand ekanligi aks ettirilgan.

Ssenariy muallifi                                              Abduqayum Yo‘ldoshev,

Postanovkachi rejissyor                                         Ahmadjon Unarboev

Postanovkachi operator                                         Muzaffar YUsupov

Postanovkachi rassom                                             Alisher Umrzoqov

Bastakor                                                                   Jamshid Izomov

Asosiy rollarni Tamara Hazratqulova, Rajab Adashev, Zilola G‘ulomova, Oysha Jo‘raeva, Shafoat Rahmatullaeva, Tohir Miraliev, Tohir Saidov, Abduraim Abduvahobov va  ko‘plab el suygan aktyorlar ijro etishgan.

“O‘zbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga asosan  “O‘zbekfilm” kinostudiyasida suratga olingan. Namoyish muddati  90 minut.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech