Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2

Litsenziya talabgori litsenziya olish uchun ishchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

1. Litsenziya berish haqida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan ariza:
a) Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), bank nomi va bankdagi hisob raqami
b) Litsenziyalanadigan faoliyat turi (yohud uning bir qismi)

2. Yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tganligi haqidagi guvohnoma nusxasi

3. Mavjud binolar va xonalarning yong‘in xavfsizligi talablari va sanitariya normalariga mos kelishi haqida yong‘in va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari xulosalari

4. O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining audiovizual asarlarni ekranda namoyish etish uchun tuzilgan shartnomalarning mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligi haqidagi xulosasi.

5. Litsenziyalanadigan faoliyat turini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy texnika baza, asbob-uskunalar va boshqa texnik vositalarning mavjudligi haqidagi ma’lumot (korxonaning shtamp va yumoloq muhri bilan)

6. Litsenziya talabgori tomonidan ariza ko‘rib chiqilganligi uchun qonun hujjatlarida to‘lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqqining 2 (ikki) baravari miqdorida yig‘im to‘langanligini tasdiqlovchi hujjat (litsenziya olish uchun topshirilgan ariza va xujjatlar to‘plamini ko‘rib chiqish uchun).

7. Davlat boji belgilangan tartib bo‘yicha qonun hujjatlarida to‘lov kunida belgilangan eng kam oylik ish haqqining o‘n baravari miqdorida to‘lanadi.

Belgilangan kinovideofaoliyat turi:

- Audiovizual asarlarni tayyorlash, dublyaj qilish va ekranda namoyish etish.

Litsenziya faoliyatning to‘liq turiga yoxud uning muayyan bir qismiga beriladi.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech