Filmda o'smirlik davrini boshidan o'tkazayotgan ikki do'st–G'ayrat va Erkin ismli bolalar misolida do'stlik rishtasi, o'z vaqtida izhor qilina olmagan ilk sevgi haqida hikoya qilinadi.
O'tish davrining turli sinovlari va ko'chalaridan o'tayotgan bolalarning o'ylari, umuman, ularning katta hayotga qadam tashlash jarayonidagi tanlovi va buni o'z o'rnida kelajaklariga ta'siri masalasi filmning bosh g'oyasi hisoblanadi.