Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1
Kinostudiya:
Санъат-маъно
Yil chiqarishni:
2017
Toifa:
ko'rsatilmagan
Tavsif:

“San’at - ma’no” studiyasi tomonidan suratga olingan "Ota uy" badiiy filmida bir umr huquq-tartibot organlarida xizmat qilib, iste’foga chiqqan Rahim otaning notekis kechgan hayotida ro'y bergan voqealar, farzandlar bilan o'zaro rishtalar aks etgan. 
Rahim otaning o'z yaqinlarini to‘plashga, yana avvalgidek bir oila bo‘lib yashashga bo'lgan istagi, biroq farzandlar otaning bu ezgu hohishini pisand qilmasligi va unga be'etiborligi ta'sirchan dialoglar, qahramonlarning xotiralarni yodga olish sahnalari bilan go`zal ochib berilgan. 


Ushbu film bir oila misolida insonlarning bir-biriga bo’lgan mehr-oqibati, odamiylik, qarindoshlik rishtalari va burchi, umrning asl mohiyati va inson hayoti mazmunini tashkil etuvchi unsurlar haqida hikoya qiladi. Film jamiyatning barcha qatlami uchun mo’ljallangan bo’lib, oiladagi tinchlik-totuvlikni targ’ib qiladigan, farzandlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan va umuminsoniy qadriyatlarni ulug’laydigan ekran asari hisoblanadi. 


Filmda bosh rolni Po’lat Saidqosimov va Alisher Uzoqov ijro etgan. Shuningdek rollarda Bobur Yo’ldoshev, Uchqun Tillayev, Feruza Sobitova, Xayrulla Sa’diyev va Feruza Saidovalar ishtirok etishgan. 

Film ijodkorlari: 
Ssenariy muallifi – Jasur Isxoqov; 
Sahnalashtiruvchi rejissyor – Aleksandr Gamirov;
Postanovkachi operator – Izatilla Lutfullayev;
Postanovkachi rassom – Akmal Saidov;
Bastakor – Doniyor Ag’zamov;
Rejissyor – Azim  Aymatov;
Ovoz operatori – Doniyor Ag’zamov;
Montaj ustasi – Xurshid Alixo’jayev;
Film direktori – Po’lat Saidqosimov.


Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech