Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1
Kinostudiya:
Ўзбекфильм
Yil chiqarishni:
2017
Toifa:
ko'rsatilmagan
Tavsif:

“Rishta” badiiy filmi hozirgi kun yoshlari, ularning turmush tarzi, qadriyatlarimizni ardoqlanishi haqida hikoya qilinadi. Film bir nechta novellalardan iborat bo'lib, bir-biriga bog'liq bo'lmagan voqealar orqali turli davrlar aro ko'z ilg'amas rishtalar haqida o'ziga hos uslubda hikoya qilinadi. 


Filmda ustoz kino aktyorlar bilan birga umidli yosh ijodkorlar rol ijro etishgan. Bular - Po'lat Saidqosimov, Nigina Anorboeva, Adiz Rajabov, Jamshid G'aniev, Sharofat Xasanxo'jaeva, Jahongir Xo'jaev va Gulruh Zokirovalardir. 


Film bosh rejissyori - bir nechta kinokartinalar muallifi, iqtidorli yosh kinorejissyor Mirmaqsud Oxunov, stsenariy muallifi Yolqin To'ychiev. Filmda shuningdek, postanovkachi operator Muzaffar Yusupov, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, bastakor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, ovoz operatori Anvar Fayzullaev, montajchi Xurshid Alixodjaev hamda rejissyor Axmad Unarbaev ijod qilgan. Film direktorlari Kamila Matenova va Farhod Usmonov.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech