Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
29 Dec 2018

                                     “Oʻzbekkino” Milliy agentligi

              Kirib kelayotgan Yangi yil arafasida “Oʻzbekkino” Milliy agentligi: 2 oyda - 10 ta premyera” loyihasi doirasida 2018 yilda Agentlik buyurtmasi asosida suratga olingan toʻliq metrajli badiiy filmlarning ommaviy axborot vositalari xodimlari va mutaxassislar uchun premyeralari koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.

Haftalik 24-29 dekabr kunlari soat 18.00 da Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyda boʻlib oʻtdi.

Haftalik doirasida,

1. 24-dekabr soat 18.00 da Akbar Bekturdiyevning “Tinchlik ortida” badiiy filmi,

2. 25-dekabr soat 18.00 da Axmadjon Unarboyevning “Odamlar orasida” badiiy filmi,

3.26-dekabr soat 18.00 da Ilhom Megemetibragimovning “Parvoz” badiiy filmi,

4.27-dekabr soat 16.00 da Abduvohid Gʻaniyevning “Elparvar” badiiy filmi,

5.28-dekabr soat 18.00 da Nozim Abbosovning “Said bilan Saida” badiiy filmi,

6.29-dekabr soat 15.00 da Doniyor Shokirovning “Shashmaqom” badiiy-publitsistik filmlari namoyish etildi.

           Premyeralarda OAV xodimlari,teleradio, internet jurnalistlari, mustaqil bloggerlar va mutaxassislar ishtirok etishdi. Namoyishi oʻtkaziladigan badiiy filmning ijodkorlari shu kuni jurnalistlarni qiziqtirgan barcha savollarga yuzma-yuz javob berishdi.

         Taqdimotlari oʻtkazilgan kinokartinalar 2019 yilning yanvar oyidan boshlab katta ekranlarda namoyish etiladi.

Oʻzbekkino” MA matbuot xizmati. www.uzbekkino.uz, @uzbekkinopres

 

Manba: не указан
Просмотров: 115
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech