Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Jan 2019

O‘zbekiston va Qozog‘iston respublikalari o‘rtasidagi hamkorlik yuksak ishonch va o‘zaro hurmat asosida tobora rivojlanmoqda. Turli darajadagi aloqalarning faollashgani mamlakatlarimiz o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni kengayishidan dalolat beradi.

Joriy yilning 11 yanvar kuni  Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan  “O‘zbekiston kinosi  kunlari” madaniy tadbiri  ham fikrimizning isbotidir. Ushbu madaniy tadbir Turkiston shahridagi  “Madaniyat uyi”da  11 yanvar kuni soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi.

Tadbirda  “O‘zbekkino” Milliy agentligi tomonidan yuborilgan delegatsiya vakillari, kino rejissyorlar,   kino aktyorlari, OAV xodimlari  va kino muxlislari ishtirok etishadi.

Kino kunlarida “Sarvqomat dilbarim”,  “Oyqiz ertagi” va  “Abay so‘zi” kabi turli janrlardagi filmlar namoyish etilishi rejalashtirilgan. Ma’lumot uchun “Sarvqomat dilbarim” filmi senariy mualliflari Kerez Zarlikova, Sarvar                                                                       Karimov,  Abduqayum Yo‘ldoshev, postanovkachi rejissyor   Sarvar Karimov, postanovkachi operator Izzatilla Lutfullaevlardir. Rollarda Adiz Rajabov, Ulug‘bek Qodirov,  Madina Tolipbek,  Elina Abay qizi,  Nigora Karimboeva,  Matyoqub Matchonov  va  boshqalar ishtirok etishgan.

“Oyqiz ertagi” badiiy filmining senariysi Muhammad Davlatilloh va Akbar Bekturdiev qalamiga mansub bo‘lib, postanovkachi rejissyor Akbar Bekturdiev, postanovkachi rassom Akmal Saidovdir. Filmda Xayrulla Sa’diev, Ma’ruf Otajonov, Yigitali Mamajonov, Yulduz Rajabova kabi taniqli va yosh aktyorlar suratga tushishgan. 

“Abay so‘zi” nomli 2 qismli hujjatli filmning senariy muallifi Roziqa Mergenbaeva, rejissyor Shuxrat Mahmudov, operator  Rustam Magadiev, musiqa muharriri Marat Shunqorov. Ushbu film Buyuk ma’rifatparvar shoir va mutafakkir, ezgulik va do‘stlik kuychisi Abay Qo‘nonboevning sharafli nomi va boy ijodiy merosiga bag‘ishlangan.

Manba: не указан
Просмотров: 202
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech